Statistika agentligi ma`lumotlariga ko`ra, 2024 yilning yanvar-may oylarida 2,8 milliondan ortiq chet el fuqarolari turistik maqsadda O`zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 248,2 ming nafarga yoki 9,6 % ga oshgan.
2024 yilning 5 oyida O`zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:
Tojikiston – 871,5 ming nafar;
Qirg`iz Respublikasi – 857 ming nafar;
Qozog`iston – 498,2 ming nafar;
Rossiya – 289,6 ming nafar;
Turkmaniston – 53,8 ming nafar;
Turkiya – 42,1 ming nafar;
Hindiston – 23,2 ming nafar;
Xitoy – 22,8 ming nafar;
Italiya – 15,3 ming nafar;
Janubiy Koreya – 15,1 ming nafar;
Boshqa davlatlar – 148,7 ming nafar.