AsosiyJamiyat

Qarshi davlat universitetida yigit qizni pichoqladi (video)

'Qarshi davlat universitetida yigit qizni pichoqladi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi davlat universitetida bir yigit qizni qo`yni so`yganday so`yib tashlagani aytilgan video tarqaldi. 


Rasmiy bayonotga ko`ra, holat joriy yilning 22 iyun kuni soat 08:30 larda sodir bo`lgan. Fuqaro M.E o`ziga oldindan tanish bo`lgan Qarshi davlat universiteti talabasi fuqaro S.T. bilan universitet hududida o`zaro janjallashib qoladi. Natijada qizning tanasini turli sohalariga o`zi bilan olib kelgan pichoqni 8 marotaba sanchib, og`ir tan jarohati etkazgan. Shundan so`ng yigit o`zining qorin bo`shlig`iga pichoq sanchib, o`ziga-o`zi tan jarohati etkazgan.

Holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro M.E.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Qayd etilishicha, jabrlanuvchi hozirda shifoxonada tibbiyot xodimlari nazorati ostida davolanmoqda.

Gumonlanuvchi shaxs prosessual tartibda ushlangan. Jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar