1

Toshkentdagi shifoxonada byudjet mablag`lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Jamiyat 23.06.2024, 16:46
Toshkentdagi shifoxonada byudjet mablag`lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan sog`liqni saqlash tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi ijrosi yuzasidan Ibn Sino nomidagi 1-sonli Toshkent shahar klinik shifoxonasida byudjet mablag`laridan foydalanish va tizimdagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish masalalari bo`yicha o`rganish o`tkazildi.  Bu haqda agentlik xabar berdi.

O`rganishda tibbiyot muassasasida byudjet mablag`larini o`zlashtirish va talon-toroj qilish, amalda bajarilmagan ishlar uchun oylik ish haqi to`lanishi, tibbiy jihozlardagi kamomad, davlat xaridlari jarayonlari bilan bog`liq qator qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.

Xususan, tashkilot mansabdor shaxslari o`zaro jinoiy til biriktirgan holda shifoxonada amalda bir qator lavozimlar mavjud bo`lsa-da, boshqa fuqarolar bilan fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuzgan va amalda biror-bir bajarilmagan ish uchun ularga doimiy ravishda oylik ish haqi to`lab kelingan. Natijada juda ko`p miqdordagi byudjet mablag`lari talon-toroj qilingan.

Yuqoridagilarga ko`ra, agentlik taqdim etgan hujjatlar asosida prokuratura organlari tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1