1

Mo`g`uliston Prezidenti Mustaqillik monumenti poyiga gul qo`ydi

Jamiyat 23.06.2024, 20:43
Mo`g`uliston Prezidenti Mustaqillik monumenti poyiga gul qo`ydi

Davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo`lib turgan Mo`g`uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux rafiqasi bilan birgalikda “Yangi O`zbekiston” bog`iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo`ydi.

Oliy martabali mehmon majmua me`moriy echimlari hamda kompozisiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari bilan tanishdi. Majmua Mo`g`uliston delegasiyasida katta taassurot qoldirdi.

Qayd etish o`rinliki, mamlakatimizga tashrif buyurayotgan Oliy martabali mehmonlarning Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbuslari bilan bunyod etilgan mazkur muhtasham majmua bilan tanishuvi an`anaga aylangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1