AsosiyJamiyat

Surxondaryoda xorijdan olib kirilayotgan 27 000 quti sigareta to`xtatib qolindi

'Surxondaryoda xorijdan olib kirilayotgan 27 000 quti sigareta to`xtatib qolindi'ning rasmi

Noqonuniy harakatlarning oxiri yaxshilik bilan tugamasligi, bu insonning o`ziga qolaversa, yaqinlariga ham zarar keltirishi mumkinligi haqida bot-bot takrorlaymiz.

Ammo bundan tegishli xulosa chiqarmagan ayrim shaxslar bila turib, qing`ir ishlarga qo`l urishmoqda.

Yuqorida keltirilgan lavhada ham muxbir Behzod Qodirov tamaki mahsulotlarini yashirincha olib o`tishning oqibati haqida so`z olib boradi. 

Kuni kecha Surxondaryo viloyatida yana 2 ta qoidabuzarlikka chek qo`yildi. Gap shundaki ulardan biri 1 milliard so`mdan ortiq qiymatga ega bo`lgan sigaretlarni noqonuniy ravishda Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona postiga qo`shni davlatdan kirib kelgan fuqaro boshqaruvidagi yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazilganda avtotransport vositasida yuk kuzatuv hujjatlarida ko`rsatilgan tovarlardan boshqa tovarlar borligi ma`lum bo`lgan va avtotransport vositasi holislar ishtirokida bojxona ko`rigidan o`tkazildi shunda xufyona tarzda qog`oz qutilarga joylashtirilgan, yuk kuzatuv hujjatlarida ko`rsatilmagan, xorijda ishlab chiqarilgan va aksiz markalari bo`lmagan umumiy qiymati 1 mlrd. 26 mln. so`mlik jami 27 000 quti 3 xil nomdagi sigaret mahsulotlari yuklanganligi aniqlandi.

Hozirda esa har ikkala holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar