AsosiyJamiyat

Jahon futbol yulduzlari O`zbekistonga keladi

'Jahon futbol yulduzlari O`zbekistonga keladi'ning rasmi

Yoshlar oyligi doirasida 29 iyun kuni dunyoga mashhur futbol yulduzlari O`zbekistonga tashrif buyurishadi.

Xususan:

  •  Dida (Jesus Silva) – darvozabon, Braziliya terma jamoasining sobiq a`zosi, jahon chempioni, ikki karra Milan klubi bilan UEFA chempionlar ligasi g`olibi.
  • Kristian Panuchchi – Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi, Real Madrid va Milan jamoalari bilan ikki marta UEFA chempionlar ligasi g`olibi.
     
  • Kristian Zakkardo – Italiya terma jamoasining sobiq a`zosi, o`ng qanot himoyachisi, jahon va Bundesliga chempioni.
     
  • Serjino (Serjio Klaudio dos Santos) – Braziliya terma jamoasining sobiq a`zosi, yarim himoyachi, jahon chempioni, ikki karra Milan klubi bilan UEFA chempionlar ligasi g`olibi.
     

29 iyun kuni soat 15:00da Yoshlar ijod saroyida bo`ladigan uchrashuvda futbol tarixi, buguni va kelajak istiqbollari, O`zbekistonda sohadagi islohotlar hamda sportchilarimizning muvaffaqiyatlari haqida suhbat bo`ladi. Uchrashuvda ishtirok etish bepul. Quyidagi  @yoshlaruchrashuvibot orqali ro`yxatdan o`tish lozim: 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar