AsosiyJamiyat

Ertaga abiturientlarni onlayn ro`yxatga olish yakunlanadi

'Ertaga abiturientlarni onlayn ro`yxatga olish yakunlanadi'ning rasmi

Ertaga (25-iyun kuni) oliy va professional ta`lim muassasalariga o`qishga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abiturientlarni onlayn ro`yxatga olish yakunlanadi.

 Abiturientlar ertaga 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro`yxatdan o`tishlari, shuningdek, kiritilgan ma`lumotlarini o`zgartirishlari mumkin.

 Shuningdek, to`lovdan ozod qilinganlar toifasiga kirmaydigan abiturientlar 26 iyun kuni soat 23:59 ga qadar to`lovni amalga oshirishlari mumkin bo`ladi.

 Abiturientlardan ro`yxatdan o`tish uchun so`nggi soatlarni kutmaslik so`ralmoqda. 

 Ro`yxatdan o`tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz

 

    Boshqa yangiliklar