AsosiyJamiyat

Endi G`elondan Sarchashmaga dor yo`li orqali tezda etib olishingiz mumkin

'Endi G`elondan Sarchashmaga dor yo`li orqali tezda etib olishingiz mumkin'ning rasmi

O`zbekiston delegasiyasining 2023 yil 4–6 oktyabrda Rossiyaning Qozon shahridagi “Kazan EKSPO” tadbirlar doirasida Qashqadaryo viloyatida “Tog` chang`i kompleksi” loyihasini barpo etish yuzasidan memorandum imzolangan edi.

Bugun viloyat hokimi Murotjon Azimov Shahrisabz tumanining G`elon qishlog`ida barpo etiladigan mazkur “Tog` chang`i kompleksi” loyihasi taqdimoti bilan tanishdi. 

Ma`lum bo`lishicha, 1-bosqichda 5,9 km gondolali dor yo`li (G`elon-Sarchashma), 4 ta tog`-chang`i yo`li, 35 ta villa, 1 ta tashrif markazi, 4 yulduzli mehmonxona, 5 qavatli avtoturargoh, restoran, vertolyot maydonchasi, bolalar shaharchasi va daryo bo`ylab yo`lakchalar barpo etiladi va bunga 100 mln. dollar investisiya mablag`i jalb qilinadi.

Endilikda mehmonlar G`elon yoki Sarchashma qishloqlarining biriga avtomashinada etib olib, keyingi manzilga tog` yon-bag`irlarida qurilayotgan 5.9 km.lik dor yo`li orqali etib olishadi. 

Loyihaning 2 va 3-bosqichlariga 200 mln. dollar investisiya mablag`i evaziga 3,8 km o`rindiqli va 2,9 km gondolali dor yo`li, 21 ta tog`-chang`i yo`li, 3 ta mehmonxona (3, 4 va 5 yulduzli), 2 ta restoran, 75 ta villa, kuzatuv minorasi, attraksionlar (ziplayn, rodelban va skaypark) barpo etiladi. 
 

    Boshqa yangiliklar