AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida 5 ta transport vositasi ishtirokida avtohalokat sodir bo`ldi (video)

'Toshkent viloyatida 5 ta transport vositasi ishtirokida avtohalokat sodir bo`ldi (video)'ning rasmi

22 iyun kuni Toshkent viloyati Parkent tumanida yuk avtomobili ishtirokida yo`l transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat YHXB xabar qildi.

Qayd etilishicha, soat taxminan 11:30 da tuman hududidan o`tgan 4R15 “Qiziltog`-Parkent-Yangibozor” avtomobil yo`lining 56-kilometrida (Markaziy bozor qarshisida) 24 yoshli haydovchi R.N. “KamAZ”ni boshqarib ketayotib, oraliq masofani saqlamagan va harakat tezligini nazorat qila olmay, o`zi bilan bir yo`nalishda bo`lgan 2 ta Cobalt, Spark va Lacettiga urilgan.

Tarqalgan videolavhada “KamAZ” borib urilgan mashinalar piyodalar o`tish joyida odamlarga yo`l berish uchun to`xtagani, YTH ro`y bergach, bir piyoda mashinadan qocha olganini ko`rish mumkin.

    Boshqa yangiliklar