AsosiyJamiyat

Toshkentda xaridor ayolga tegajog`lik qilgan "tarvuz"chi qamaldi

'Toshkentda xaridor ayolga tegajog`lik qilgan "tarvuz"chi qamaldi'ning rasmi

 2024 yil 25 iyun kuni Toshkent shahar Chilonzor tumani Algoritm mavzesi Zargarlik ko`chasida tarvuz sotuvchisi 33 yoshli U.I. mast holatda xaridor ayolning belidan past qismi va dumbalarini qo`li bilan ushlab, shahvoniy shilqimlik qilganligi aniqlangan.

Erkak sudda o`zining aybiga iqrorligini, hozirda qilmishidan pushaymonligini, bundan keyin bu kabi harakatlarni sodir etmasligini bildirib, suddan engillik berishni so`ragan.

Sud qarori bilan U.I.ga MJtK 41-1-moddasining 1-qismiga asosan 5 sutka ma`muriy qamoq jazosi va MJtK 194-moddasining 1-qismiga asosan BHMning 10 baravari miqdorida, ya`ni 3.4 mln so`m jarima jazosi tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar