Ertaga, 30 noyabr kuni O`zbekiston Kubogi–2016 turnirining final o`yini bo`lib o`tadi. Unda Toshkentning "Lokomotiv" va Qarshining "Nasaf" jamoalari o`zaro bahs olib borishadi.
Ayni paytda Samarqand shahrida bo`lib turgan "Lokomotiv" PFK vakillari bugun O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdi.

Ziyoratga shuningdek, "Nasaf" futbol klubi a`zolari hamda ertangi o`yin rasmiylari – O`FF va PFL xodimlari, uchrashuv hakamlari ham tashrif buyurishdi.







