Angliya Liga Kubogi chorak finalida "Liverpul" jamoasi "Lids Yunayted" futbolchilariga qarshi bahs olib bordi.
Murosasiz kechgan o`yinda mersisaydliklar 2:0 hisobida g`alaba qozondi. Gollarga Divok Origi va Ben Vudbern mualliflik qildi.
"Liverpul" – "Lids" 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 76 Origi, 2:0 – 81 Vudbern.
"Liverpul" – Minole, Aleksander-Arnold, Klavan, Moreno, Jan, Leyva, Veynaldum, Edjaria (Milner, 82), Mane, Styuart (Vudbern, 67), Origi (Gruyich, 90).
"Lids" – Silvestri, Bartli, Teylor, Berardi, Kuper (Eyling, 46), Ruf, O`Keyn (Fillips, 28), Dallas (Vud, 62), Ronaldo Vieyra, Sako, Dukara.
Ogohlantirishlar: Dukara (56), Origi (90).





