Bu afsona emas, balki ingliz dietologlari tomonidan tekshirilgan usullardan biri. Agar yuz teringizga erta ajin tushmasligini istasangiz, quyidagi taomnomaga diqqat qiling.
Dengiz mahsulotlari
Baliq, suv o`tlari, dengiz karami tarkibida D vitamini, kollagen va foydali yog` kislotalari serob. Mazkur moddalar teri kataklari yangilanishini tezlashtiradi. Haftada bir–ikki marta baliqdan suyuq yoki quyuq taom, dengiz karamidan salat tayyorlang.
Salat bargi
Oddiy ko`ringan mazkur ko`kat organizm uchun g`oyat foydali ekanini bilasizmi? Barra salat bargini kunora taom va eguliklarga qo`shib iste`mol qilishga odatlansangiz, teri tortilishlaridan qo`rqmasangiz ham bo`ladi. Teri holati me`yorda bo`lsa, mimik ajinlar chuqurlashmaydi.
Ko`k choy
Peshona va lab atrofi terisiga ajin tushmasligi uchun ko`k choyni kanda qilmang. Bu choy tarkibidagi flavonoidlar teri qarimasligidan himoyadir.
Ta`qiqlanuvchi mahsulotlar:
- sho`r va achchiq eguliklar;
- spirtli ichimliklar;
- dudlangan mahsulotlar;
- yog`li taomlar;
- mayonez;
- yong`oq, pista.