Angliya Liga Kubogi musobaqasining chorak finalida "Xall Siti" jamoasi "Nyukasl" futbolchilariga qarshi bahs olib bordi.
Qizg`in kurashlarga boy kechgan o`yinda 1:1 hisobi qayd etildi. Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmagach, qo`shimcha taymlar o`ynaldi.
98-daqiqaga kelib Diame hisobni ochib, "Nyukasl"ni oldinga olib chiqdi. Ammo "qarg`alar"ning quvonchi uzoqqa cho`zilmadi. 1 daqiqadan keyin Snodgrass muvozanatni tikladi.
Qo`shimcha taymda ham g`olib nomi aniqlanmadi. Penaltilar seriyasida esa "Xall Siti" kuchliroq bo`lib chiqdi.
"Xall Siti" – "Nyukasl" 1:1
Penaltilar seriyasi - 3:1
Gollar: 0:1 – 98 Diame, 1:1 – 99 Snodgrass.
"Xall Siti" – Yakupovich, Douson, Maguayr, Robertson (Taymon, 79), Xaddlstoun, Al-Muxammadi (Uir, 79), Meyler, Livermor (Xenriksen, 79), Snodgrass, Diomande, Mbokani.
"Nyukasl" – Zels, Klark, Lassels, Lazaar, Xeyden (Merfi, 105), Ritchi (Atsu, 81), Anita (Yedlin, 109), Diame, Shelvi, Guffran, Geyl.
Ogohlantirishlar: Snodgrass (45), Xeyden (63), Guffran (67), Robertson (77), Xaddlstoun (89), Lassels (89).
Chetlatish: Mbokani (89).





