AsosiySUG'DIYONA
3853

Arazchi bolalarning ota-onalari uchun eng muhim qoidalar

  • Farzandingiz bilan hamkorlik o`rnating. Yuragidagi tug`yonlarni bildirishiga rag`batlantiring.
  • Bola bilan dildan gaplashing. Arazining sababini ifodalashiga ko`maklashing, yuz, ko`ziga diqqat bilan razm soling. Xohishlarini og`zaki ifodalashiga yordam bering.
  • Farzandingizdagi ta`sirchanlikni so`ndirishga harakat qilmang. Kerak vaqti o`z hissiyotlarini tashqariga chiqarishga imkon yarating. So`ng o`tirib, bafurja gaplashing.
  • Bolani sabr bilan eshitishga o`rganing. Maslahat, tanbeh berishga shoshmang. Avval quloq soling. Ba`zan «seni tushunaman. Menda ham shunday bo`lib turadi», deyishning o`zi ham kifoya qiladi.
  • Avval vaziyatni to`liq tushunib oling, so`ng tushuntiring. Bolaga ola-bo`ji aslida yo`qligini ming tushuntirmang, baribir ulardan qo`rqsa, bu barcha harakatlaringiz zoe ketdi, degani. Avval farzandingizning ishonchini qozoning, so`ng mantiqiy va`zni boshlash mumkin.

Shunday tarbiya usullarini olib borsangiz, farzandingiz yaqin orada arazchilikni tashlab, optimist va xushmuomala bo`lib qolganini sezasiz.

Dilnoza UMAROVA

Boshqa yangiliklar