Angliya Liga Kubogi musobaqasining barcha chorak final uchrashuvlari bo`lib o`tdi va yarim final juftliklarini aniqlash uchun qur`a tashlandi. Bu haqda "Sports.ru" ma`lum qilmoqda.
Qur`a natijasiga ko`ra, “Manchester Yunayted” jamoasi “Xal Siti” bilan kuch sinashadi. “Liverpul” esa “Sautgempton” bilan to`qnashadi.
Yarim final uchrashuvlari 9 va 23 yanvar kunlari bo`lib o`tadi.





