AsosiySport

Ispaniya Kubogi. Zidanning o`g`li gol urgan o`yinda "Real" nimchorak final yo`llanmasini hal qildi

Ispaniya Kubogi 1/16 final javob o`yinida Madridning "Real" jamoasi o`z maydonida quyi divizon vakili "Kultural Leonesa" bilan o`zaro bahs olib bordi. 

Katta ustunlikka ega bo`lgan madridliklar 6:1 hiosbida zafar quchdi. Dastlabki o`yinda "Real" 7:1 hisobida yutgandi. Ikki o`yin natijasiga ko`ra "Qirollik klubi" nimchorak finalga yo`l oldi. 

“Real Madrid” – “Kultural Leonesa” 6:1 (3:1, 3:0)

Gollar: 1:0 – 1 Dias, 2:0 – 23 Xames, 3:0 – 42 Dias, 3:1 – 45 Gonzales, 4:1 – 63 Zidan, 5:1 – 87 Dias, 6:1 – 90, avtogol Sezar.

“Real Madrid” – Kasilya (Yanes, 76), Texero, Karvaxal (Varan, 46), Nacho, Pepe, Asensio, Kazemiro, Xames, Isko (Enso Zidan, 46), Edegor, Dias.

“Kultural Leonesa” – Montagudo, Gallar, Toni Suares, Gonzales, Garrido, Kristobal, Sezar, Morgado, Anxel Vastos, Diaz, Martines, Orti.

Ogohlantirishlar: Kazemiro (31), Garrido (32).

Dastlabki uchrashuv: 7:1

Boshqa yangiliklar