AsosiyJamiyat

Toshkentda ayrim bozorlardagi mahsulotlar savdodan olindi

Mas’ullar buning sababini ochiqladi.

'Toshkentda ayrim bozorlardagi mahsulotlar savdodan olindi'ning rasmi

Toshkentda organoleptik xususiyati o‘zgargan mahsulotlar yo‘q qilindi. Bu haqda Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mutaxassislar tomonidan Mirobod dehqon bozori hamda "Beshqo‘rg‘on" MCHJ ga qarashli Farg‘ona bozorining sanitariya holati hamda mahsulotlarning sifati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilgan.

Natijada butunligi buzilgan, iste’molga yaroqsiz holga kelgan qator mahsulotlar:

  • 12 kg banan;
  •  58 kg pomidor;
  • 23 kg bulg‘or qalampiri;
  •  5 kg shaftoli;
  •  5 kg gulkaram mahsulotlari tegishli tartibda savdodan olinib, brakeraj qilingan.

Avvalroq, "Food City" dehqon bozoridagi qovunlar iste’molga yaroqsiz ekanligi ma’lum qilingan edi. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar

''ning rasmi

Jamiyat 21.11.2024 17:19

''ning rasmi

Jamiyat 21.11.2024 16:34

''ning rasmi

Jamiyat 21.11.2024 15:51

''ning rasmi

Jamiyat 21.11.2024 15:14

''ning rasmi

Jamiyat 21.11.2024 14:58

''ning rasmi

Jamiyat 21.11.2024 13:10