AsosiySalomatlik

Shifokor o‘quvchilar immunitetini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berdi

Uch oylik tanaffusdan so‘ng bolalar organizmi yana o‘quv mavsumiga, maktab rejimiga moslashishi kerak.

'Shifokor o‘quvchilar immunitetini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berdi'ning rasmi

Pediatr-shifokor Noiba Azimova ota-onalarga tavsiyalar berdi.

- Immun tizimi — organizmni turli mikrob va infeksiyalardan himoyalovchi qalqon, — deydi mutaxassis. — O‘g‘il-qizlarning tez-tez betob bo‘lishi, xastalik ko‘p qaytalanishi — ularda immunitet zaifligi belgisi.

Bunga ko‘pincha maktab o‘quvchilari tanasida vitaminlar tanqisligi, yomon uyqu, noto‘g‘ri ovqatlanish va doimiy psixologik stress sabab bo‘ladi. 

Chunki maktab yoshidagi o‘g‘il-qizlar organizmi ma’lum ritmlarga moslashadi. Shu bois bolani yoshligidanoq rejimga ko‘niktirgan ma’qul. Bu — immunitetni mustahkamlashda muhim omil.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari kechqurun soat 21:00 da uyquga yotib, ertalab soat 7:00 da turishi maqsadga muvofiq. Kattaroq yoshdagi bolalar uchun yotish vaqti bir soat – 22:00 gacha surilishi mumkin. 

Uxlashdan avval kompyuter, planshet yoki telefondan foydalanish uyqu sifatiga salbiy ta’sir qiladi. Oqibatda bosh miyada melatonin gormoni ishlab chiqarish kamayadi. Bu esa tunda kortizol gormoni miqdorini oshiradi. Oqibatda bolada turli kasalliklarga moyillik paydo bo‘ladi. 

Qolaversa, me’yoriy hordiq immunitetga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Uyqu paytida bola organizmidagi metabolizm jarayoni jadallashib, kichkintoylar ayni shu soatlarda yaxshi o‘sadi. 

Yana bir muhim tavsiya: bola kuniga kamida 4 marta taomlanishi, ya’ni soat 7:30-8:00 da nonushta, 10:30-11:30 da issiq nonushta, 14:00-15:00 da tushlik qilishi, 19:00-19:30da kechki ovqat tanavvul qilishi maqsadga muvofiq.

Fast-fud, tezpishar taomlar, gazlangan ichimliklar, “snek”lar, turli shirinliklar o‘quvchilar organizmini tabiiy vitamin va minerallardan mahrum qilishidan tashqari, har jihatdan sog‘lom o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 

 Yodlangan osh tuzi, sarxil meva-sabzavotlar iste’moli, suv balansi farzandlarimiz salomatligi uchun muhim. Immunitetni oshirishda tabiiy antioksidant vazifasini o‘tovchi asal va viruslarga qarshi samarali kurashadigan sarimsoq piyozning foydasi katta.  

 A vitamini bilan boyitilgan sabzi va shirin kartoshka, gripp va nafas yo‘llarining yuqumli kasalliklariga qarshi kurashishda qo‘l keladigan Ye vitaminiga boy yong‘oqlar, albatta, bolalar ratsionida bo‘lishi maqsadga muvofiq.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Salomatlik17.09.2024 17:07

    'Boshni yuvib, ko‘chaga chiqish sog‘lik uchun xavfl'ning rasmi

    Salomatlik16.09.2024 15:40

    Boshni yuvib, ko‘chaga chiqish sog‘lik uchun xavfl

    Mutaxassis buning oqibatlari haqida ma’lumot berdi

    'Shamollash mavsumi: Bemorlarga qanday mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi?'ning rasmi

    Salomatlik16.09.2024 15:21

    Shamollash mavsumi: Bemorlarga qanday mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi?

    SSV aholi orasida kuz mavsumida avj oladigan kasalliklar va ularning profilaktikasiga bag‘ishlangan foydali ma’lumotni e’lon qilib bormoqda.

    'Bosh miya kasalliklarini davolashda nanorobotlardan foydalanilishi mumkin'ning rasmi

    Salomatlik13.09.2024 15:21

    Bosh miya kasalliklarini davolashda nanorobotlardan foydalanilishi mumkin

    Shotlandiyaning Edinburg universiteti tadqiqotchilari bosh miya kasalliklarini an’anaviy neyroxirurgik operatsiyalarsiz davolash texnologiyasini yaratdi.

    'Qandli diabetni ovoz orqali aniqlash texnologiyasi yaratildi'ning rasmi

    Salomatlik12.09.2024 11:55

    Qandli diabetni ovoz orqali aniqlash texnologiyasi yaratildi

    Tadqiqotda kasallikning 2-turi tashxisi qo‘yilgan va bu patologiya aniqlanmagan 607 nafar ko‘ngilli qatnashdi.

    'Olimlar saraton hujayralarini beziyon usulda yo‘q qilish yo‘lini topdi'ning rasmi

    Salomatlik11.09.2024 15:08

    Olimlar saraton hujayralarini beziyon usulda yo‘q qilish yo‘lini topdi

    Rus olimlari saraton kasalligiga qarshi kurashishning yangi usulini kashf etdi.