AsosiyDunyo

Isroil G‘azo va Misrni devor bilan ajratmoqchi

Isroil HAMASning tunnel qurishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun devor qurishni talab qilmoqda.

'Isroil G‘azo va Misrni devor bilan ajratmoqchi'ning rasmi

Isroil hukumati G‘azo sektori va Misrni ajratib turgan chegara bo‘ylab devor qurmoqchi. Bu haqda Report News Agency xabar berdi.

Shu tariqa Isroil harbiylari chegara bo‘ylab nazoratni o‘z qo‘llariga olmoqchi.

G‘azo sektori va Misr chegarasining uzunligi — 20 kilometr, Filadelfiya yo‘lagi, deb ham ataladi. 2005 yilda Isroil armiyasi (SAXAL) Filadelfiya yo‘lagidan chiqarilib, chegara nazoratini Misrga topshirgan. 2024 yilning may oyida SAXAL "Temir qilichlar" harbiy operatsiyasi davomida Rafahga hujumi payti yo‘lakni qayta egallagan.

1995 yildagi Oslo kelishuvlaridan so‘ng Isroilga xavfsizlik yo‘lagini saqlashga ruxsat etilgan. Isroil 2005 yilda G‘azo sektoridan chiqib ketgach, Misr bilan Filadelfiya kelishuvi imzolangan. Unga ko‘ra, Misr yo‘lakning o‘z hududi tomoni bo‘ylab 750 nafargacha chegarachini joylashtirish huquqiga ega bo‘lgan. Chegaraning Falastin tomoni esa, HAMAS 2007 yilda hukumatni egallashiga qadar, Falastin muxtoriyati tomonidan nazorat qilingan.

    Boshqa yangiliklar