AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev o‘tovlar ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdi

Shu bilan davlatimiz rahbari Qoraqalpog‘istonga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

'Shavkat Mirziyoyev o‘tovlar ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi “Oqqush” majmuasida tashkil etilgan o‘tovlar ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Bu haqda davlatimiz rahbari 2022 yilda hududga tashrifi chog‘ida ko‘rsatma bergan edi. Shu asosda ellik gektardan ortiq maydon yanada obod qilinib, ko‘plab o‘tovlar barpo etildi. Eng katta o‘tovning diametri 42, balandligi 22 metr. Unda ma’muriyat, oshxona va boshqa xonalar mavjud. Bu yerda turli madaniy tadbirlar, forumlar o‘tkazish mumkin.

Majmuada qoraqalpoq, qozoq, turkman, qirg‘iz, boshqird kabi turkiy xalqlarning hamda Qoraqalpog‘iston tumanlarining o‘tovlari tashkil etilgan. Ularda qardosh ellarimiz tarixi, madaniyati va turmush tarzi o‘z ifodasini topgan. 

Prezident ushbu o‘tovlarni kirib ko‘rdi.

  • Bizning tomirimiz, taqdirimiz bir. Mana shunday ishlarni ko‘paytirib, birgalikda festivallar o‘tkazib, xalqlar do‘stligini yanada mustahkamlash kerak. Milliy hunarlarni asrab, yosh avlodga yetkazish, bu bo‘yicha shogirdlar tayyorlash, bolalar uchun o‘z ona tilida kitoblar chiqarishni kengaytirish zarur, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bog‘da sun’iy ko‘l, orolcha va mehmonxona ham bor. Bular qisqa davrda mazkur maskanni turizm manzillaridan biriga aylantirdi. O‘tovlar, milliy kiyim va buyumlarga sayyohlar katta qiziqish bilan qaramoqda.

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekiston Prezidenti Ostonaga yetib bordi'ning rasmi

    Siyosat17.09.2024 11:05

    O‘zbekiston Prezidenti Ostonaga yetib bordi

    Davlat rahbarini Qozog‘iston Bosh vaziri kutib oldi.

    'Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi'ning rasmi

    Siyosat17.09.2024 08:19

    Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

    O‘zbekiston Prezidenti Ostonada "Markaziy Osiyo - Germaniya" sammitida ishtirok etadi.

    'Shavkat Mirziyoyev 17 sentyabr kuni amaliy tashrif bilan Ostonada bo‘ladi'ning rasmi

    Siyosat16.09.2024 18:38

    Shavkat Mirziyoyev 17 sentyabr kuni amaliy tashrif bilan Ostonada bo‘ladi

    Prezident u yerda "Markaziy Osiyo – Germaniya" sammitida ishtirok etadi.

    'O‘zbekiston va Germaniya rahbarlari boshqaruv kadrlarini tayyorlaydigan qo‘shma maktabni ochdilar'ning rasmi

    Siyosat16.09.2024 12:53

    O‘zbekiston va Germaniya rahbarlari boshqaruv kadrlarini tayyorlaydigan qo‘shma maktabni ochdilar

    Mutasaddilar videoaloqa orqali yetakchilarga loyiha haqida batafsil ma’lumot berdilar.

    '32 yil ichida ilk marta AQSH va O‘zbekiston bojxona xizmatlari rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi'ning rasmi

    Siyosat16.09.2024 11:19

    'Kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanadi'ning rasmi

    Siyosat11.09.2024 20:57

    Kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanadi

    Bosh prokurorning kambag‘allikni qisqartirishga oid qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat uchun mas’ul alohida o‘rinbosari tayinlandi