AsosiyJamiyat

Uchtepa tumanidagi ayrim ko‘chalarni nomlashda aholidan ovoz berish so‘ralmoqda

Jarayon 3 sentyabrgacha davom etadi.

'Uchtepa tumanidagi ayrim ko‘chalarni nomlashda aholidan ovoz berish so‘ralmoqda'ning rasmi

Toshkent shahri hokimligi Uchtepa tumanidagi 187 ta nomsiz ko‘chani nomlash yoki qayta nom qo‘yish bo‘yicha ovoz berish jarayoni boshlanganini e’lon qildi.

Takliflar 20 avgustdan 3 sentyabrgacha qabul qilinadi. Ovoz berish uchun geonom.tashkent.uzsaytining bosh sahifasida xarita ostidagi "Ovoz berishda ishtirok etish" havolasini, so‘ng ko‘cha bo‘limlari ko‘rsatilgan doiralardan birini bosish zarur.

Shu bilan birga, aholi fikri quyidagi shakllarda ham qabul qilinadi:

Og‘zaki ravishda: +99871 210 04 13 telefon raqamiga (ish kunlari soat 09:00 dan 17:00 gacha) murojaat qilish orqali;

Yozma: 100060, Toshkent shahri Chilonzor tumani Islom Karimov shohko‘chasi 51-uy pochta manziliga xat yuborish orqali;

Elektron shaklda: geonom@digitaltashkent.uz elektron pochtasiga xat yuborish yo‘li bilan.

Boshqa yangiliklar