Bo‘jxona qo‘mitasi tomonidan respublika hududiga inson salomatligiga xavf tug‘diruvchi mahsulotlarni noqonuniy olib kirishga qarshi choralar izchil davom etmoqda.
Xususan, Malik chegarа bo‘jxona posti orqali mamlakаtga kirib kelgan fuqaro boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomobil belgilangan tartibda bo‘jxona nazoratidan o‘tkazildi.
Tekshiruv davomida yuklar orasiga yashirilgan, 8 va 10 grammli paketchalarga qadoqlangan uch turdagi “kofe” mahsulotlari bo‘jxona xodimlarining shubhasini uyg‘otdi. Aniqlanishicha, haydovchi 2258 dona biologik faol qo‘shimchani 200 AQSH dollariga evaziga bo‘jxonadan olib o‘tishga uringan.
Markaziy bo‘jxona laboratoriyasi ekspert xulosasiga ko‘ra, mazkur mahsulotlar tarkibida “Sibutramin” mavjudligi tasdiqlandi. Ushbu moddaning hatto yarim gramm miqdori ham O‘zbekistonda jinoyiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.






