Muzokaralar chog‘ida siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish va biznes aloqalarini chuqurlashtirish masalalariga alohida e‘tibor qaratildi.
Tomonlar Litva kompaniyalarini Toshkentda o‘tkaziladigan V Xalqaro investitsiya forumiga taklif etishga kelishib oldi. Shuningdek, O‘zbekiston–Litva biznes forumlarini tashkil etish bo‘yicha ham fikrlar bir joydan chiqdi.
Uchrashuv davomida qator qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish, transport sohasida hamkorlikni kengaytirish va shartnomaviy-huquqiy bazani mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar ikki tomonlama hamda Europa Ittifoqi doirasida hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashga tayyor ekanini ta’kidladi.






