AsosiyJamiyat

Qarshi tumani yetakchi inspektori 2 ming dollar olgan vaqtida ushlandi

Qashqadaryoda yer maydonlarining noqonuniy sotilishiga oid holatlar fosh etildi.

'Qarshi tumani yetakchi inspektori 2 ming dollar olgan vaqtida ushlandi'ning rasmi

Yer munosabatlari sohasida qonunbuzilishlarga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan Qashqadaryo viloyatida tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Qarshi tumanida Kadastr agentligi bo‘limi yetakchi inspektori mansabdor tanishlari orqali noqonuniy egalab olingan 12 sotix yer maydoni bo‘yicha qo‘llanilgan 82 mln so‘m jarimani bekor qilib berish hamda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish evaziga 2 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Shahrisabz tumanida ham shunga o‘xshash holat aniqlandi. Muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan 59 yoshli shaxs va Davlat kadastrlari palatasi tuman filiali xodimi o‘zaro til biriktirib, mahalliy dehqon xo‘jaligiga tegishli 9 sotix yer maydonini mansabdor tanishlari orqali xususiy korxona rahbari nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 7 ming AQSH dollari talab qilgan.

Ular oldindan 4 ming AQSH dollarini olgan vaqtda qo‘lga olingan.

Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda yo‘llarni ta’mirlash uchun 14 mlrd so‘m ajratiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:24

    Toshkentda yo‘llarni ta’mirlash uchun 14 mlrd so‘m ajratiladi

    Mazkur mablag‘ shaharni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan ajratiladi.

    'Afgʻon urushi qurbonlarining yaqinlari uchun yangi imtiyozlar belgilandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:01

    Afgʻon urushi qurbonlarining yaqinlari uchun yangi imtiyozlar belgilandi

    Prezidentning tegishli farmoni bilan ayrim hujjatlarda o‘zgartirish kiritilib, halok bo‘lganlarning ota-onalari va beva xotinlari uchun kompensatsiya to‘lovi joriy etildi.

    'Chegara hududida yirik miqdordagi narkotik moddalar ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:06

    Chegara hududida yirik miqdordagi narkotik moddalar ushlandi

    Narkotik moddalar egalarini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

    'Javohir Sindorov sharafiga tantanali marosim boʻlib oʻtdi.'ning rasmi

    Jamiyat 17.04.2026 14:32

    Javohir Sindorov sharafiga tantanali marosim boʻlib oʻtdi.

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida xalqaro shaxmat maydonida tarixiy natija qayd etgan Javohir Sindorovni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

    '"Oʻzbekiston temir yoʻllari" tenderlarida 21 mlrd soʻmlik qonunbuzilish aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 17.04.2026 13:27

    "Oʻzbekiston temir yoʻllari" tenderlarida 21 mlrd soʻmlik qonunbuzilish aniqlandi

    Бу бўйича масъул ташкилотларга нисбатан тегишли чоралар кўрилди.