Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati noqonuniy baliq oviga chek qo‘yilganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, fuqaro N.I. tomonidan ta’qiqlangan leskali to‘r yordamida 30 dona sudak, 5 dona tovon balig‘ini ovlangan. Holat yuzasidan MJtKning 90-modasi 4-qismiga asosan hujjatlar rasmiylashtirildi. Bir dona rezina qayiq va 150 metr leskali to‘rlar ashyoviy dalil sifatida olindi hamda 10.710.000 so‘m zarar davlat hisobiga undirish maqsadida hujjatlar sud organlariga yuborish choralari ko‘rilmoqda.
Shuningdek, 3 nafar fuqarolar F.G.,T.Y. va S.A.lar tomonidan baliq ovlash qoidalarini buzganligi uchun MJtKning 90-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va har bir fuqaroga 3.400.000 so‘m jarima choralari ko‘rildi.