AsosiyDUNYO

Venesuelada yana zilzila qayd etildi

Venesuelada 11 iyul kuni mamlakat poytaxti Karakas shahrida 3 magnitudali yana bir zilzila sodir bo'ldi.

'Venesuelada yana zilzila qayd etildi'ning rasmi

Venesuelada 11 iyul kuni mamlakat poytaxti Karakas shahrida 3 magnitudali yana bir zilzila qayd etildi. Hodisa sabab ayrim binolardagi odamlar xavfsizlik choralari sifatida evakuatsiya qilingan.

Shuningdek, 24 iyun kuni sodir bo‘lgan kuchli zilzilalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 4 ming 118 nafarga yetdi. Yana 16 ming 740 kishi jarohatlangan, minglab fuqarolar esa hanuz bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

“The Guardian” xabar berishicha, bu so‘nggi yuz yildan ortiq vaqt ichida mamlakatda kuzatilgan eng kuchli zilzila bo‘lgan. Tabiiy ofat oqibatida sohilbo‘yidagi La-Guayra shtatida butun boshli turar joy hududlari vayron bo‘lgan.

Rasmiylar qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlanganini ma’lum qilgan. Biroq ayrim fuqarolar yaqinlarini topish maqsadida vayronalar orasida izlash ishlarini davom ettirmoqda.

BMT Venesueladagi gumanitar vaziyatni yengillashtirish uchun 1,3 million nafar aholiga yordam ko‘rsatish maqsadida qariyb 300 million dollar ajratishga chaqirgan. Tashkilot baholariga ko‘ra, uy-joy va infratuzilmaga yetgan zarar 37 milliard dollar atrofida.

Venesuela muvaqqat prezidenti Delsi Rodriges esa tiklanish ishlarini moliyalashtirish uchun xorijda muzlatilgan davlat aktivlarini qaytarish zarurligini ta’kidlagan.

    Boshqa yangiliklar