AsosiyJinoyat

Qarshida AGTKShda 1,6 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlandi

Qarshi shahrida avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyasida tabiiy gazni noqonuniy o‘zlashtirish holati aniqlandi.

'Qarshida AGTKShda 1,6 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura shtabi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida Qarshi shahrida tabiiy gazni talon-toroj qilgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyasi aniqlandi.

Ma’lum qilinishicha, “A.X.O.” MChJga qarashli stansiyada kompressor qurilmalari orqali gazdan yashirincha foydalanilgan.

Oqibatda gaz ta’minoti korxonasiga 1 mlrd 652 mln so‘m zarar yetkazilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar