AsosiyJamiyat

“Sizlar xalqimizning chinakam qahramonlari, botir o‘g‘il-qizlari, Vatanimiz iftixorlarisiz”

Shavkat Mirziyoyev Parij Olimpiadasida ishtirok etgan sportchilar bilan uchrashdi.

'“Sizlar xalqimizning chinakam qahramonlari, botir o‘g‘il-qizlari, Vatanimiz iftixorlarisiz”'ning rasmi

Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Parij Olimpiadasida ishtirok etgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuvi boshlandi.  Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
 
Davlatimiz rahbari o‘g‘il-qizlarni 33-yozgi Olimpiya o‘yinlarida munosib ishtirok etib, erishgan ulkan tarixiy g‘alabasi bilan yana bir bor chin qalbdan samimiy muborakbod etdi.
 
“Dunyoning 200 dan ziyod davlatidan 11 ming nafarga yaqin eng mashhur sportchilar qatnashgan ushbu nufuzli sport anjumani biz uchun tom ma’noda rekordlar, mislsiz yutuqlarga boy bo‘ldi.
 
Avvalo, mazkur Olimpiadada O‘zbekiston birinchi marta eng ko‘p tarkib bilan, ya’ni, 19 ta sport turi bo‘yicha 90 nafar sportchi bilan ishtirok etganini ta’kidlash lozim.
 
Ayniqsa, ayollar kurashi, kamondan o‘q otish, suvga sakrash, futbol kabi sport turlari bo‘yicha sportchilarimiz ilk bor Olimpiya o‘yinlarida qatnashganini alohida e’tirof etish kerak”, - dedi Prezident.
 
Olimpiya medallari, mamlakatning sport olamida erishayotgan yutuqlari davlatning umumiy rivojlanish va insoniy taraqqiyot darajasini bildirishi ta’kidlandi.
 
“Chindan ham, sizlar g‘oyat keskin bellashuvlarda yuksak jasorat va matonat ko‘rsatib, 8 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritganingiz mamlakatimizning taraqqiyot borasidagi yuksak salohiyatini ifoda etadigan yorqin natijadir. 
 
Bu tarixiy g‘alaba Yangi O‘zbekiston yoshlari qanday buyuk ishlarga qodir ekanini yana bir marta amalda namoyish etdi”, - dedi davlatimiz rahbari.
 
Mamlakatimiz ishtirokchi davlatlar orasida umumjamoa hisobida 13-o‘rinni, Osiyo qit’asida 4-o‘rinni, turkiy va islom mamlakatlari hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi.
 
Bu natijalar O‘zbekiston tarixida ilgari hech qachon bo‘lmagan yutuq ekani qayd etildi.
 
To‘rt yilda bir marta o‘tadigan bunday yirik xalqaro musobaqada dunyodagi har bir mamlakatning sport sohasiga berayotgan e’tibori, millat va xalqning jismoniy va ma’naviy salohiyati yaqqol namoyon bo‘ladi.
 
Bunday ulkan arenada eng kuchli va mohir atletlar, zo‘rlarning zo‘ri ishtirok etadi. 
 
“Shu ma’noda, sizlar xalqimizning chinakam qahramonlari, botir o‘g‘il-qizlari, Vatanimiz iftixorlarisiz. Barchamiz sizlar bilan g‘ururlanamiz!”, - dedi Prezident.

    Boshqa yangiliklar

    '“Musaffo havo – 2030” dasturi – havo sifatini yaxshilash yo‘lidagi yangi qadam'ning rasmi

    Jamiyat16.09.2024 16:37

    “Musaffo havo – 2030” dasturi – havo sifatini yaxshilash yo‘lidagi yangi qadam

    O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining yangi Saylovoldi dasturidagi tashabbuslardan biri ekologik holatni yaxshilash, aholi salomatligini saqlash va kelajak avlodlar uchun sog‘lom atrof-muhit yaratishga qaratilgan.

    'Dollarning rasmiy kursi tushdi'ning rasmi

    Jamiyat16.09.2024 16:12

    Dollarning rasmiy kursi tushdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.

    'O‘zbekiston va AQSH bojxona sohasidagi hamkorlikning yangi sahifasini ochdi'ning rasmi

    Jamiyat16.09.2024 15:50

    O‘zbekiston va AQSH bojxona sohasidagi hamkorlikning yangi sahifasini ochdi

    Shu paytga qadar mamlakatlar bojxona xizmatlari o‘rtasida hozirga qadar o‘zaro hamkorlikning huquqiy asosi ham mavjud bo‘lmagan.

    'Toshkentda yana bir yo‘lovchi avtobus harakat payti tutab ketdi'ning rasmi

    Jamiyat16.09.2024 15:07

    Toshkentda yana bir yo‘lovchi avtobus harakat payti tutab ketdi

    Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

    'Metro bekatlarining birida katta tirbandlik yuzaga keldi'ning rasmi

    Jamiyat16.09.2024 14:38

    Metro bekatlarining birida katta tirbandlik yuzaga keldi

    "Toshkent metropoliteni" tirbandlik sabablarini ma’lum qildi.

    'O‘zbekiston Prezidenti va Germaniya Kansleri daraxt ekdilar'ning rasmi

    Jamiyat16.09.2024 14:17

    O‘zbekiston Prezidenti va Germaniya Kansleri daraxt ekdilar

    Shu bilan davlat rahbarining Samarqandga tashrifi yakunlandi va Toshkentga qaytib keldi.