AsosiyJamiyat

“Tashabbusli budjet”da ovoz yig‘ishga majburlash holatlari yuzasidan shikoyatlar tushdi

Kelib tushgan 39 ta shikoyat o‘z tasdig‘ini topsa, bu loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi.

'“Tashabbusli budjet”da ovoz yig‘ishga majburlash holatlari yuzasidan shikoyatlar tushdi'ning rasmi

“Tashabbusli budjet”ning 2024 yilgi 2-mavsumida ovoz yig‘ishga majburlash holatlari yuzasidan 39 ta shikoyat tushdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Bunda, eng ko‘p murojaat kelib tushgan hududlar:

  • Farg‘ona viloyatida — 7 ta;
  • Toshkent shahrida — 6 ta;
  • Namangan va Jizzax viloyatlarida — 5 tadan.

Sohalar kesimida:

  • umumta’lim maktablari bo‘yicha — 19 ta;
  • tibbiyot tashkilotlari bo‘yicha — 16 tani tashkil etgan.

Kelib tushgan barcha murojaatlar ko‘rib chiqish uchun tegishli tuman (shahar) Xalq deputatlari kengashlariga yuboriladi hamda holat o‘z tasdig‘ini topsa, mazkur loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi yoki g‘oliblar ro‘yxatidan chiqarilishi mumkin.

“Tashabbusli budjet”ning 2024 yilgi 2-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi 22 avgust kuni boshlangandi. Ovoz berish jarayonlari 31 avgust soat 23:59 ga qadar — 10 kun davom etadi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 21:01

    'Eng olis, eng chekka hududlar aholisiga yordam ko‘rsatilyapti'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 16:10

    Eng olis, eng chekka hududlar aholisiga yordam ko‘rsatilyapti

    Nukus shahridan yuz kilometr olisdagi Qo‘ng‘irot tumanining “Qo‘ng‘irot”, “Qoratol” ovullarida aholi, “mahalla yettiligi” bilan muloqotlar asnosida kichik tadbirkorlik subyektlari vakillarini o‘ylantirayotgan masalalar o‘rganilib, joyida yechim topib berildi. Og‘ir ijtimoiy ahvoldagi oilalarga amaliy yordam ko‘rsatildi.

    'Mirzacho‘l tumani tibbiyot birlashmasida budjet mablag‘lari talon-toroj qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 10:41

    Mirzacho‘l tumani tibbiyot birlashmasida budjet mablag‘lari talon-toroj qilindi

    17 nafar ishchi-xodim nomiga yozib jami 935 mln 455 ming so‘m pul mablag‘i ish haqi sifatida asossiz ravishda to‘lanib, o‘zlashtirilgan.

    'Qarshida uch farzandi bilan vafot etgan ota bo‘yicha tekshirish harakatlari olib borilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 09:25

    'O‘zbekistonda qariyb 2 mingga yaqin noqonuniy chiqindixona borligi aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 09:06

    O‘zbekistonda qariyb 2 mingga yaqin noqonuniy chiqindixona borligi aniqlandi

    Noqonuniy chiqindixonalar 720 gektardan ziyod maydonni egallagan.

    'Bugun Toshkent va vodiy viloyatlarida qor yog‘adi'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 08:14

    Bugun Toshkent va vodiy viloyatlarida qor yog‘adi

    Harorat 0-5 daraja atrofida bo‘ladi.