AsosiyJamiyat

Farg‘onada haydovchi rulda uxlab qoldi

U yo‘l chetidagi daraxtlarga borib urilgan.

'Farg‘onada haydovchi rulda uxlab qoldi'ning rasmi

Rulda uhlab qolgan haydovchi YTH sodir qildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Marg‘ilon shahridagi “Farg‘ona xalqasi” avtomobil yo‘lida “Jentra” haydovchisi uxlab qolib boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi daraxtlarga borib urilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Voqea joyiga Marg‘ilon shahar IIB YHXB xodimlari chiqishgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar