AsosiyJamiyat

Пентагон 7 та AI компанияси билан махфий келишув тузди

AQSh Mudofaa vazirligi ilg‘or sun’iy intellekt texnologiyalarini maxfiy tarmoqlarga joriy etish uchun 7 ta yirik kompaniya bilan kelishuvga erishdi.

'Пентагон 7 та AI компанияси билан махфий келишув тузди'ning rasmi

Kelishuvga ko‘ra, SpaceX, OpenAI, Google, NVIDIA, Microsoft hamda Amazon Web Services kabi kompaniyalar texnologiyalari Pentagонning eng yuqori — “Impact Level 6–7” darajali tarmoqlariga integraciya qilinadi.

Bayonotda aytilishicha, Pentagонning “GenAI.mil” platformasi so‘nggi besh oyda 1,3 milliondan ortiq xodim tomonidan qo‘llangan.

Shu bilan birga, Anthropic mazkur kelishuvdan chetda qolgan. Kompaniya avval ta’minot zanjiri xavfi sifatida baholanib, uning texnologiyalaridan foydalanish cheklangan edi.

Ma’lum qilinishicha, Anthropic’ning ayrim ishlanmalari, jumladan “Mythos” modeli milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan hanuz bahsli hisoblanadi. Shu bilan birga, Donald Tramp kompaniya kelajakda qora ro‘yxatdan chiqarilishi mumkinligini istisno qilmagan.

    Boshqa yangiliklar