Kecha, 29 avgust kuni soat 03:30 atrofida Farg‘ona shahar Kirgili mavzesida 2005 yilda tug‘ilgan T.A. Spark avtomashinasini boshqarib ketayotib, keskin tormoz bosishi natijasida rul boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton simyog‘ochga urilib yo‘l-transport hodisasini sodir etgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Ushbu YTH natijasida Spark avtomobilida bo‘lgan yo‘lovchilar 2 nafar 2005 yilda tug‘ilgan Q.M. va Yu.A. hamda 2004 yilda tug‘ilgan E.Sh. va N.F.lar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan Q.M. va Yu.A.lar shifoxonada vafot etgan.