AsosiyDunyo

O‘n bir yoshida barmoqlari kesilgan qiz hikoyasi...

U 5 yulduzli mehmonxonada oshpaz bo‘lib ishlaydi va ajoyib qandolat mahsulotlarini tayyorlaydi.

'O‘n bir yoshida barmoqlari kesilgan qiz hikoyasi...'ning rasmi

Filippinlik ya’ni Manilada yashaydigan Marisel Apatan misolida inson har qanday holatda bo‘lmasin orzusiga erishishini ko‘rish mumkin. Marisel garchi barmoqlari yo‘q bo‘lsada qulupnay va uzum kabi mevalarni nozik kesib, qaymoqli chiroyli bezaklar yasaydi va qandolatchilikni san’atga aylantirib haqiqiy asar yaratadi.

Bundan roppa rosa 24 yil oldin, ya’ni 2000 yil 25 sentyabrni Marisel hech qachon esidan chiqarmaydi. 11 yoshli qiz amakisi bilan suv olib qaytayotganida 4 nafar odamlar pichoq bilan hujum qiladi. Ular amaki va qizaloqni yerga yuztuban yotishga majbur qilishadi va bir zarba bilan qizchaning ko‘z o‘ngida qarindoshining boshini kesib tashlashadi. Qizaloq dahshat bilan baqiradi: «Meni o‘ldirmang!» Ammo erkaklar qizchaning iltimoslariga befarq edilar. Ulardan biri qizaloqning bo‘yniga pichoq sanchdi, shundan keyin u hushidan ketadi.

Qiz o‘zini jonsizdek qilib ko‘rsatdi va bu uning hayotini saqlab qoldi. Amakisining qotillari ketgach, Marisel uyiga yugurdi. Yugurishda u nimagadir qo‘l barmoqlari o‘rnida jonsiz cho‘plarni his qildi. Apatan yig‘lab yubordi, lekin yugurishda davom etdi. U bir necha marta hushidan ketib, yiqilib, yana o‘rnidan turdi. Qizaloq uyga kelganida, onasi uni ko‘tarib kasalxonaga olib bordi.  

Shifokorlar Apatanning ahvolini ko‘rib, uning tirik qolishiga shubhalanishdi. Ular 5 soat davomida qizni operatsiya qilishdi: uning bo‘ynidagi kesilgan joy orqa tomongacha yetib borgan edi va u juda ko‘p qon yo‘qotdi. Ammo qiz va onaning qiyinchiliklari shu bilan tugamadi. Ular kambag‘al bo‘lgani uchun kasalxonadagi to‘lovlarni to‘lay olishmadi. Bundan tashqari, jabrdiydalarning uylarini tajovuzkorlar yoqib yuborishgandi.

Maktabda ham qiyinchliklar davom etdi – uni tengdoshlari mazax qilib yig‘latishardi. Oxir-oqibat u nogironligi bilan murosaga keldi – kesilgan barmoqsiz qo‘llari bilan uy ishlarini qilishni va hatto yozishni o‘rgandi.

2008 yilda qiz kollejning "mehmonxona va restoran menejmenti" mutaxassisligi bo‘yicha tamomladi. Keyinchalik Marisel turmushga chiqdi. Ayni paytda uning oilasi, bir farzandi va qandolatchilik bo‘yicha shaxsiy biznesi bor.

"Men yetti yoshimdan ovqat pishirishni juda yaxshi ko‘raman", deydi o‘z intervyularida. Ha aytgancha u kursda nogironligi bo‘lgan yagona talaba bo‘lishiga qaramay, juda yaxshi o‘qigan. U shu holiga hech kimdan yordam kutmadi aksincha, boshqalar bilan bir qatorda shirinliklarni, tortlarni bezash bo‘yicha tanlovlarda ishtirok etdi.

Marisel hozirda 5 yulduzli mehmonxonada oshpaz bo‘lib ishlaydi va ajoyib qandolat mahsulotlarini tayyorlaydi.  

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Ukraina Rossiya gazi tranzitini to‘xtatadi'ning rasmi

    Dunyo 20.12.2024 22:40

    Ukraina Rossiya gazi tranzitini to‘xtatadi

    Ukraina 2025 yil 1 yanvar soat 7:00 dan boshlab, Rossiya gazini Yevropaga tranzit qilishni to‘xtatadi, chunki bu vaqtda davlatlar o‘rtasidagi kelishuv muddati tugaydi.

    '“Ukraina urush yoki muzokara yo‘lini tanlashi kerak”'ning rasmi

    Dunyo 20.12.2024 21:50

    “Ukraina urush yoki muzokara yo‘lini tanlashi kerak”

    AQSH Davlat kotibi Ukrainadagi vaziyat haqida gapirdi.

    'Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi'ning rasmi

    Dunyo 20.12.2024 11:03

    Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

    Duyshonkul Chotonov avval deputat, vazir va Koreyadagi elchi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

    'Korrupsiya Xitoy armiyasini modernizatsiya qilish maqsadlariga to‘sqinlik qilgan bo‘lishi mumkin'ning rasmi

    Dunyo 19.12.2024 21:03

    Korrupsiya Xitoy armiyasini modernizatsiya qilish maqsadlariga to‘sqinlik qilgan bo‘lishi mumkin

    O‘tgan oy Mudofaa vazirligi yuqori martabali harbiy amaldor lavozimidan chetlashtirilgan va "intizomni jiddiy buzganlik" uchun tergovga tortgan. .

    'Ugandada yangi virus epidemiyasi avj olmoqda'ning rasmi

    Dunyo 19.12.2024 17:28

    Ugandada yangi virus epidemiyasi avj olmoqda

    Sirli kasallik tufayli bemorlar o‘z harakatlarini nazorat qila olmay, xuddi raqs tushganga o‘xshab qaltiray boshlaydi.

    'Rossiya gazining Yevroittifoqdagi ulushi yana oshmoqda'ning rasmi

    Dunyo 19.12.2024 16:52

    Rossiya gazining Yevroittifoqdagi ulushi yana oshmoqda

    Bu borada mamlakat uchinchi o‘rinda turibdi.