AsosiyDunyo

Nikohsiz tug‘ilgan bolalar soni keskin ortmoqda

Bu holat demografik o‘zgarishlar, nikohlar sonining kamayishi va aholining qarishi bilan bog‘liq.

'Nikohsiz tug‘ilgan bolalar soni keskin ortmoqda'ning rasmi

Ma'lumotlarga ko'ra, 2024 yilda Yevropa Ittifoqida bolalarning 41 foizi rasmiy nikohdan o'tmagan ota-onalardan dunyoga kelgan. Ittifoqning yettita davlatida bu ko'rsatkich 50 foizdan oshgan. Bu haqda “Eurostat” xabar berdi.

Eng yuqori ko'rsatkichlar Bolgariya (62 foiz), Fransiya (60 foiz) va Portugaliyada (59 foiz) qayd etilgan.

Eng past ko'rsatkichlar esa Gretsiya (10 foiz), Vengriya (24 foiz) va Xorvatiyada (26 foiz) kuzatilgan.

2004–2024 yillar oralig'ida nikohdan tashqari tug'ilishlar soni 18 ta davlatda o'sgan va faqat to'rtasida kamaygan.

2025 yil 1 yanvar holatiga ko'ra, Yevropa Ittifoqi aholisi 451 million kishiga yetgan. Bu o'tgan yilga nisbatan qariyb 1 millionga ko'pdir.

Eng ko'p aholi Germaniyada istiqomat qiladi — 84 million kishi. Bu Yevropa Ittifoqi umumiy aholisining 19 foizini tashkil etadi. Shuningdek, yirik davlatlar qatoriga quyidagilar kiradi:

— Fransiya — 69 million

— Italiya — 59 million

— Ispaniya — 49 million

— Polsha — 36 million

Ushbu beshta davlat hissasiga Yevropa umumiy aholisining 66 foizi to'g'ri keladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Yevropa Ittifoqi aholisining o'rtacha yoshi 2005 yildagi 39,6 yoshdan 2025 yilda 44,9 yoshgacha ko'tarilgan. Eng yuqori o'rtacha yosh Italiyada — 49,1 yosh, eng past o'rtacha yosh esa Irlandiyada — 39,6 yoshni tashkil etgan.

Ekspertlarning ta'kidlashicha, bu holat Yevropadagi demografik o'zgarishlar, nikohlar sonining kamayishi va aholining qarishi bilan bog'liq.

2024 yilda Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida taxminan 1,7 million nikoh qayd etilgan. Eng yuqori nikoh ko'rsatkichlari Latviya, Ruminiya va Avstriyada kuzatilgan.

Ajrashishlar soni esa taxminan 0,7 millionni tashkil etgan. Eng yuqori ajralish ko'rsatkichlari Latviya, Litva va Shvetsiyada qayd etilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Qozog‘istonda samolyot halokatga uchradi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:11

    'Rossiya Armanistonni gaz va neftsiz qoldirish bilan ogohlantirdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 06:57

    Rossiya Armanistonni gaz va neftsiz qoldirish bilan ogohlantirdi

    Moskva Yerevanning Yevropa Ittifoqiga yaqinlashuvidan norozi.

    'Trump bayonotlari Islandiyani EI sari yetaklamoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 03:34

    Trump bayonotlari Islandiyani EI sari yetaklamoqda

    Islandiyada Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish masalasi yana kun tartibiga chiqdi.

    'Netanyahuga nima boʻldi?'ning rasmi

    Dunyo 26.05.2026 12:48

    Netanyahuga nima boʻldi?

    U Quddusda shifoxonaga yotqizilgani ma’lum qilindi.

    'Netanyaxu Quddusdagi shifoxonaga yotqizildi'ning rasmi

    Dunyo 26.05.2026 06:26

    Netanyaxu Quddusdagi shifoxonaga yotqizildi

    Rasmiy bayonotda uning holati barqaror ekani va zarur tibbiy yordam ko‘rsatilayotgani aytilgan.

    'AQSh va Isroil Al-Aqso masjidini o'zgartirmoqchi'ning rasmi

    Dunyo 26.05.2026 05:11

    AQSh va Isroil Al-Aqso masjidini o'zgartirmoqchi

    Al-Aqso “ko‘p dinli markaz”ga aylantirilib, yahudiylar uchun kengroq kirishni rejalashtirmoqda.