AsosiyDunyo

O‘zbekiston asosan qaysi davlatlarga mahsulot eksport qilayotgani ma’lum bo‘ldi

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2026 yilning birinchi choragida Oʻzbekiston 5,8 milliard dollarlik mahsulot eksport qilgan.

'O‘zbekiston asosan qaysi davlatlarga mahsulot eksport qilayotgani ma’lum bo‘ldi'ning rasmi

2026 yil yanvar–mart oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston mahsulotlarining asosiy bozorlari bo‘lgan va eksport hajmidan eng yuqori ulushni egallagan TOP-10 davlat quyidagicha shakllangan:

— Rossiya — 1,1 milliard dollar;
— Xitoy — 641,7 million dollar;
— Afg‘oniston — 443,6 million dollar;
— Fransiya — 405,9 million dollar;
— Qozog‘iston — 282,8 million dollar;
— Turkiya — 231,6 million dollar;
— BAA — 172,3 million dollar;
— Qirg‘iziston — 169,9 million dollar;
— Tojikiston — 140,8 million dollar;
— Gonkong — 127,1 million dollar.

Eksport ko‘rsatkichlari bilan bir qatorda mamlakat tashqi savdo aylanmasida ham o‘sish kuzatilgan. 2026 yil yanvar–aprel oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning jami tashqi savdo aylanmasi 26,3 milliard dollarga yetgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,8 foizga yuqori.

To‘rt oylik natijalarga ko‘ra, eksport hajmi 10 milliard dollar, import esa 16,4 milliard dollar bo‘lgan. O‘zbekiston jahonning 175 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan bo‘lib, tashqi savdo aylanmasining eng katta ulushi Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya va Afg‘oniston hissasiga to‘g‘ri kelgan.

    Boshqa yangiliklar