AsosiyJamiyat

Jizzaxda bemorning aka-ukalari janjal ko‘tardi

Ular ukasi haqida ma’lumot bermagan hamshirani haqoratlab, kompyuter va oynali to‘siqlarni sindirgan.

'Jizzaxda bemorning aka-ukalari janjal ko‘tardi'ning rasmi

Soat 23:40 atrofida bemor olib kelingan. Uning oldiga 3 ta tanishi, akalari ko‘rishga keladi. O‘sha vaqtda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilayotgani sabab hamshira bemor haqida batafsil bera olmaydi. 

Natijada bu aka-ukalarning jahli chiqib, janjal ko‘taradi. Hamshiralarni haqorat qilib, qabul bo‘limidagi shisha to‘siq, kompyuter ekrani va eshik oynasini sindirgan. Bundan tashqari, janjalga aralashgan bir fuqaroga tan jarohati yetkazilgan.

Qayd etilishicha, surishtiruvlarda bemor o‘ziga o‘zi pichoq bilan jarohat yetkazgani ma’lum bo‘lgan.

Zo‘ravonlar janjalni mastlik ta’sirida qilganliklarini qayd etishgan. Hushyor holatga kelganidan so‘ng, hamma zararlarni qoplashib, hamshiralardan uzr so‘rashgan.

Hozirda huquqbuzarlarga MJtKning tegishli moddalari tartibida hujjatlar rasmiylashtirilib, JIB Jizzax shahar tumani sudiga yuborilgan.

Sud hukmiga ko‘ra, 3 nafar aka-ukaning 2 nafariga 15 kun muddatga ma’muriy qamoq, bir nafariga BHMning 12 baravari miqdorida jarima qo‘llanilgan.

    Boshqa yangiliklar