AsosiyJamiyat

Talabalar bilan ijara shartnomasini soliq organlarida hisobga qo‘yish lozim

Talabalarga uy-joyni ijaraga beruvchi mulk egalari bu daromadlardan soliq to‘lamaydi.

'Talabalar bilan ijara shartnomasini soliq organlarida hisobga qo‘yish lozim'ning rasmi

Agar talabalar uy-joylarni ijaraga olsalar,  ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qo‘yilishi lozim. Bu haqida Soliq qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Buni ijara.soliq.uz saytida yoki Soliq mobil ilovasida amalga oshirish mumkin.

Ijara shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi. Batafsil ma’lumot video qo‘llanmada.

Talabalarga uy-joyni ijaraga beruvchi mulk egalari bu daromadlardan soliq to‘lamaydi.

Shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish har ikki tomonning huquqlarini himoya qiladi va ijara munosabatlarining shaffofligini ta’minlaydi.

    Boshqa yangiliklar