AsosiyJamiyat

Suzib ketgan pullar ....

O‘zbekiston suzish federatsiyasi Bosh kotibining oila a’zolari Turkiyada davlat tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobiga dam olib kelgan.

'Suzib ketgan pullar ....'ning rasmi

Prokuratura organlari tomonidan sportni rivojlantirishga qaratilgan qonunlar ijrosi yuzasidan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Bu haqida Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, O‘zbekiston suzish federatsiyasi mansabdor shaxslari tomonidan suzish sporti uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan terma jamoa a’zosi bo‘lmagan, aslida Federatsiya Bosh kotibi A.G.ning oila a’zolari bo‘lgan N.G., M.G va boshqa jami 15 nafar fuqarolarni Turkiya davlatiga dam olishga yuborilib, 405 mln. so‘m mablag‘ talon-toroj qilingan.

Shuningdek, amalda o‘tilmagan o‘quv - mashg‘ulot yig‘inlar uchun soxta buyruqlar asosida 458 mln. so‘m mablag‘lar o‘zlashtirilgan.

Bundan tashqari, Federatsiyaga xalqaro musobaqa va o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun homiylar tomonidan ajratilgan 1,2 mlrd. so‘m mablag‘lar maqsadsiz sarflanib, talon-toroj qilingan.

    Boshqa yangiliklar