AsosiyJamiyat

Dubay-Toshkent reysi majburan bekor qilindi

Yo‘lovchilarga Dubay shahrida qolish uchun mehmonxona taqdim etiladi.

'Dubay-Toshkent reysi majburan bekor qilindi'ning rasmi

Dubaydan Toshkentga kelishi kerak bo‘lgan reys majburan bekor qilindi.

Samolyot uchishga tayyor emasligi va ekipajning ish vaqti cheklanganligi sababli, 12 sentyabr kungi Dubay – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY334 aviaqatnovi majburan bekor qilindi. Bu haqda "UzAirways" axborot xizmati ma’lum qildi.

Endi yo‘lovchilar 2024 yil 13 sentyabr kungi HY334 muntazam aviaqatnovida olib kelinadi.

Yo‘lovchilarga Dubay shahrida qolish uchun mehmonxona taqdim etiladi.

    Boshqa yangiliklar