AsosiyJamiyat

Andijonda kon hududida portlash ishlari amalga oshirildi

Aholi sirena vositasida xabardor qilingan.

'Andijonda kon hududida portlash ishlari amalga oshirildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida sement zavodi tomonidan portlatish ishlari olib borilayotgani va bu ishlar ogohlantirishsiz qilinayotgani haqida xabar va videolar tarqaldi. Holat “Yer qa’ridan foydalanish markazi” DM hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida joylashgan ohaktosh “Ko‘ktosh” konida “Reco Brend Sement” MCHJ (02.08.2023 yilda Vazirlar Mahkamasining 133-sonli qaroriga asosan berilgan yer qa’ridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnoma asosida) ish olib boradi. O‘rganishlar asosida ushbu MCHJ tomonidan kon hududida portlatish ishlari olib borilishi to‘g‘risida doimiy ravishda Xo‘jaobod tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, ichki ishlar bo‘limi, tumandagi “Tosh-ota” MFY va “Orday” MFY raislariga ogohlantirish xatlari chiqarilgani, portlatish ishlari o‘tkaziladigan hudud atrofida maxsus transportda sirena vositasida aholini xabardor qilish ishlari amalga oshirilgani, videoda ko‘ringan inshootlar jamiyatga tegishliligi aniqlandi.

Shuningdek, korxonaga yer qa’ridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnoma olish vaqtida Davlat ekologik ekspertizasi markazi tomonidan ushbu loyiha asosida ohaktosh “Ko‘ktosh” konida bajariladigan geologik qazib olish ishlarini atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishi yuzasidan ijobiy xulosa berilgani ta’kidlandi.

    Boshqa yangiliklar