AsosiyJamiyat

Gaz konida sodir bo‘lgan ikkinchi avariyada to‘rt kishi halok bo‘lganidan prezident xabardor

M-25 konidagi avariyada 4 kishi halok bo‘lganini prezident matbuot kotibi tasdiqladi.

'Gaz konida sodir bo‘lgan ikkinchi avariyada to‘rt kishi halok bo‘lganidan prezident xabardor'ning rasmi

Surxondaryoning Boysun tumanidagi "Mustaqillikning 25 yilligi" gaz konida sodir bo‘lgan yangi avariya oqibatida seshanba, 17 sentyabr kuni to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu ma’lumotni O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov "Gazeta.uz"ga tasdiqladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar konda ishlagan pudratchi tashkilot xodimlari bo‘lgan. Ularning shaxsiga aniqlik kiritilgan.

Bir kun avval Boysun tumanidagi bir nechta manbalar, jumladan, shifoxona xodimlari to‘rt kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi. Jabrlanganlar soni aniqlashtirilmoqda.

Tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan bir nechta jabrlanganlar borligi ma’lum. Ularning barchasiga ham kasalxonaga yotqizish zarurati bo‘lmagan. Soat 16:00 holatiga shifoxonada bir nafar ishchi bo‘lgan.

Chorshanba kuni Toshkentdagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan brifingda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Bosh prokuratura vakillari avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani rostmi, degan savolga tasdiq javobini berdi.

Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, prezident Shavkat Mirziyoyevga hodisa sodir bo‘lishi bilanoq xabar berilgan. U tegishli topshiriqlar berib, real vaqt rejimida vaziyat haqida ma’lumot olmoqda.

Hodisa sodir bo‘lgan joyga mas’ul vazirlik va tashkilotlar rahbarlari yetib borgan. Mahalliy tuzilmalarga avariya oqibatlarini bartaraf etishda yordam berish uchun xorijiy mutaxassislar jalb qilingan.

Hodisa tafsilotlari va boshqa ma’lumotlar kechqurun Boysun tumanida bo‘lib turgan favqulodda vaziyatlar va energetika vazirlari tomonidan e’lon qilinishi kutilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 27.12.2024 23:11

    'Yangi yil bayrami kunlari "svet"ni o‘chirmaslik choralari ko‘rildi'ning rasmi

    Jamiyat 27.12.2024 22:35

    Yangi yil bayrami kunlari "svet"ni o‘chirmaslik choralari ko‘rildi

    Agar siz bayram kunlari elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha qandaydir muammoga duch kelsangiz 1154 qisqa raqamiga va @het_admin administratorga murojaat qilishingiz mumkin.

    'Yangilangan WBC reytingida Madrimov ko‘tarildi'ning rasmi

    Jamiyat 27.12.2024 20:56

    Yangilangan WBC reytingida Madrimov ko‘tarildi

    Butunjahon boks ittifoqi (WBC) dekabr oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi.

    'Buxoroda 3,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 27.12.2024 20:50

    Buxoroda 3,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

    Zilzila markazi — Jondor tumani.

    'Sun’iy intellektga tayyorlik xalqaro indeksida O‘zbekiston 17 ta pog‘onaga ko‘tarildi'ning rasmi

    Jamiyat 27.12.2024 20:37

    Sun’iy intellektga tayyorlik xalqaro indeksida O‘zbekiston 17 ta pog‘onaga ko‘tarildi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 dekabr kuni sun’iy intellekt texnologiyalarini hamda telekommunikatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha rejalar taqdimoti bilan tanishdi.

    'Dollarning rasmiy kursi yana tushdi'ning rasmi

    Jamiyat 27.12.2024 15:50

    Dollarning rasmiy kursi yana tushdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.