AsosiyDunyo

Rossiyada migrantlar rus tilidan og‘zaki imtihon topshirishi mumkin

Mehnat muhojirlari uchun rus tili imtihoniga og‘zaki qismni qo‘shish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

'Rossiyada migrantlar rus tilidan og‘zaki imtihon topshirishi mumkin'ning rasmi

Rossiya Ilm-fan vazirligi muhojirlar uchun rus tili imtihoniga og‘zaki qismni kiritish taklifini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda vazir o‘rinbosari Konstantin Mogilevskiyga tayanib, “TASS” xabar berdi.

“Rossiya Ta’lim va ilm-fan vazirligi mehnat muhojirlari uchun rus tili imtihoniga og‘zaki qismni qo‘shish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Shu bilan birga, ushbu takliflarni amalga oshirish uchun Imtihon o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga tegishli o‘zgartirishlar kiritish zarur”, deydi vazir o‘rinbosari.

Rossiyada 2014 yildan boshlab mehnat muhojirlari ishchi patenti, yashash guvohnomasi va fuqarolikni olish uchun rus tili, qonunchilik asoslari va mamlakat tarixi bo‘yicha imtihon topshirishi kerak.

2024 yil iyul oyida Ilm-fan vazirligi yanvar oyidan beri imtihon topshirmagan muhojirlar ulushi 10 barobarga oshgani haqida xabar bergandi.

Oxirgi 10 yil ichida Rossiyada mehnat muhojirlari soni ikki baravar kamaydi. Xususan, 2012-2014 yillarda mamlakatda bir vaqtning o‘zida 7 milliongacha chet elliklar ishlagan bo‘lsa, 2022-2023 yillarda ularning soni 3-3,5 milliondan oshmagan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar

'AQShda immigratsiya qonunlariga qarshi norozilik namoyishi boʻlmoqda'ning rasmi

Dunyo Bugun 05:13

'Venesuelada siyosiy mahbuslarga umumiy amnitsiya eʼlon qilindi'ning rasmi

Dunyo 31.01.2026 13:12

Venesuelada siyosiy mahbuslarga umumiy amnitsiya eʼlon qilindi

Delsi Rodriges siyosiy mahbuslarga nisbatan amnitsiya qonunini Milliy Assambleyaga taqdim etishni va El Helikoid qamoqxonasini yopishni e'lon qildi.

'“Уйда ёлғиз” фильмида она образини яратган актриса Кэтрин О’Хара вафот этди'ning rasmi

Dunyo 31.01.2026 05:24

“Уйда ёлғиз” фильмида она образини яратган актриса Кэтрин О’Хара вафот этди

Ma'lum qilinishicha, aktrisa 30 yanvar kuni Los-Anjelesdagi uyida qisqa davom etgan kasallikdan so'ng vafot etgan.

''ning rasmi

Dunyo 29.01.2026 15:34

'Mirziyoyev Anqarada rasmiy kutib olindi'ning rasmi

Dunyo 29.01.2026 14:59

Mirziyoyev Anqarada rasmiy kutib olindi

Turkiya prezidenti qarorgohida Oʻzbekiston yetakchisini tantanali marosim bilan kutib olishdi.

''ning rasmi

Dunyo 29.01.2026 12:38