AsosiyJamiyat

Dam olish kunlari O‘zbekistonda iliq havo saqlanib turadi

Ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

'Dam olish kunlari O‘zbekistonda iliq havo saqlanib turadi'ning rasmi

"O‘zgidromet"  xabariga ko‘ra, juma va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha iliq va asosan quruq ob-havo saqlanib turadi.

Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida 21 sentyabr — shanba kuni ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Respublikaning tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda o‘rtacha tezlikkacha esadi, 21−22 sentyabrda ayrim hududlarda ba’zi joylarda 12−14 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Poytaxtda 20−21 sentyabr kunlari asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi, 22 sentyabrda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Harorat kechalari +14, +17 daraja, kunduzi +28, +31 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi.

    Boshqa yangiliklar