AsosiyJamiyat

Radarga tushgan qoidabuzarliklar 48 soat ichida YPXga kelmasa, jarima yozilmaydi

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

'Radarga tushgan qoidabuzarliklar 48 soat ichida YPXga kelmasa, jarima yozilmaydi'ning rasmi

Senatning 57-yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Muhokama etilgan Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda hamon saqlanib qolayotgan tizimli muammolarni hal etish va aholiga qulaylik yaratish hamda qonunlarga hurmat hissini shakllantirish maqsadida o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 171-moddasi oltinchi qism bilan to‘ldirilib, unda foto va video qayd etish texnika vositalari orqali aniqlangan huquqbuzarliklar haqida o‘z vaqtida fuqaroni xabardor etish va chora ko‘rish bilan bog‘liq yangi norma kiritilmoqda.

Bunda yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid ma’lumotlar 48 soat ichida Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga yuborilishi, aks holda haydovchi ma’muriy javobgarlikka tortilmasligi belgilanmoqda.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar