AsosiyDunyo

Rossiyaning qarshiliklariga qaramay BMTni isloh qilish rejasi qabul qilindi

Nyu-Yorkdagi sammitda Germaniya yetakchiligida ishlab chiqilgan “Kelajak shartnomasi” tasdiqlandi.

'Rossiyaning qarshiliklariga qaramay BMTni isloh qilish rejasi qabul qilindi'ning rasmi

BMTni isloh qilish rejasini tasdiqlash marosimi avvalida Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Vershinin rejadan tashqari nutq so‘zladi va hujjat matniga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritish zarurligini ma’lum qildi, deya xabar qilmoqda zamon.uz.

Vershinin ovoz berishsiz amalga oshirilishi kerak bo‘lgan hujjatning barcha 193 mamlakat tomonidan rasman ma’qullanishini shubha ostiga qo‘ydi.

 Shunday bo‘lsada, 143 mamlakat Rossiyaning bu so‘rovini ko‘rib chiqmaslik va uni rad etish uchun ovoz berdi. Xalqaro tashkilotni isloh qilish to‘g‘risidagi hujjatning qabul qilinishiga Rossiyadan tashqari Belarus, Nikaragua, Shimoliy Koreya va Suriya ham qarshi chiqdi.

 Birlashgan Millatlar Tashkilotini islohoti rejasi, jumladan, BMT Xavfsizlik kengashini isloh qilish, yadro qurolidan xoli dunyoga erishish, barqaror rivojlanish, xalqaro xavfsizlik, fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadlarini o‘z ichiga oladi. Hujjat bandlarini muhokama qilish 2024 yil boshidan beri davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:35

    'Saudiya Arabistonida Rojdestvo bayramini nishonlashga ruxsat berildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:42

    Saudiya Arabistonida Rojdestvo bayramini nishonlashga ruxsat berildi

    Shuningdek, endi Saudiya Arabistonida xristian va yahudiy bayramlarini nishonlashga ruxsat berildi.

    'Ҳибсхонада 4,5 йил ўтирдим, шикоят қилмадим — Садир Жапаров'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:34

    Ҳибсхонада 4,5 йил ўтирдим, шикоят қилмадим — Садир Жапаров

    Қирғизистон президенти терговгача ҳибсда сақлаш шароитлари ҳақидаги шикоятга жавобан терговгача ҳибсхона "курорт эмас" эканлигини айтди ва ўзининг ҳибсга олинганини эслади.

    'Zelenskiy Tramp bilan Floridada uchrashishini ma'lum qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:18

    Zelenskiy Tramp bilan Floridada uchrashishini ma'lum qildi

    Uchrashuv ertaga, 28 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

    'Tailand va Kambodja tinchlik bo'yicha kelishuvga erishdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 06:25

    Tailand va Kambodja tinchlik bo'yicha kelishuvga erishdi

    Tailand va Kambodja ikki davlat chegarasida 20 kun davom etgan shiddatli janglaridan so‘ng o‘t ochishni to‘xtatish rejimi qayta tiklanishi haqida qo‘shma bayonot imzoladi.

    'Malaysiya sobiq bosh vaziri 15 yilga qamaldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:46

    Malaysiya sobiq bosh vaziri 15 yilga qamaldi

    Sobiq vazir davlat jamg‘armasidan mablag‘larni talon-toroj qilishda va pul yuvishda aybdor deb topilgan.