AsosiyDunyo

Isroildagi elchixona o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakatning shimoliy hududlarida yuzaga kelayotgan murakkab vaziyat sababli fuqarolarga qator tavsiyalar berdi.

'Isroildagi elchixona o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi'ning rasmi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakatning shimoliy hududlarida murakkab vaziyat vujudga kelayotganini e’tiborga olib o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi.

Elchixona fuqarolardan hozirgi paytda shaxsiy xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikni, Isroil hukumati va O‘zbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini kuzatib borishlarini tavsiya qildi.

Isroil frontorti qo‘mondonligidan bildirishnomalar va ogohlantirishlar (Home Front Command) mobil ilovasi yoki veb-sayti havolasini telefonga o‘rnatib olish so‘raldi.

"Zaruriyatsiz ko‘chaga va boshqa ko‘ngilochar muassasalarga tashrif buyurmang. Iltimos, o‘z hayotingizni ehtiyot qiling", — deyiladi vakolatxona xabarida.

Shoshilinch yordam yoki maslahat uchun elchixona kontaktlari. Favqulodda yordam telefonlari:

  • 03−672−2466;
  • 03−672−2371;
  • 03−758−5075;
  • 03−758−5076.

Favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun: +972 54 485 1397.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Rossiya 2025 yilda harbiy xarajatlarni 2,8 trillion rublga oshirmoqchi'ning rasmi

    Dunyo25.09.2024 08:38

    Rossiya 2025 yilda harbiy xarajatlarni 2,8 trillion rublga oshirmoqchi

    Harbiy xarajatlar 2026 yilda YAIMning 5,6 foizigacha, 2027 yilda esa 5,1 foizgacha kamayishi mumkin.

    'Hindistonda 8 kishi yashin urishi oqibatida halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo24.09.2024 21:40

    Hindistonda 8 kishi yashin urishi oqibatida halok bo‘ldi

    Ulardan 6 nafari maktab o‘quvchilari bo‘lgan.

    'Tojikistonda "svet" uchun cheklovlar joriy etildi'ning rasmi

    Dunyo24.09.2024 15:02

    Tojikistonda "svet" uchun cheklovlar joriy etildi

    Cheklovga yildan-yilga mamlakatda elektr energiyasiga bo‘lgan talabining oshib borayotgani sabab qilib ko‘rsatilgan.

    'Netanyaxu Livan xalqiga murojaat qildi'ning rasmi

    Dunyo24.09.2024 12:38

    Netanyaxu Livan xalqiga murojaat qildi

    U Hizbulloh harakati qurol saqlaydigan hududlarni tark etishga chaqirgan.

    'Zelenskiy Germaniya kansleri bilan uchrashdi'ning rasmi

    Dunyo24.09.2024 11:54

    Zelenskiy Germaniya kansleri bilan uchrashdi

    “Ikkinchi tinchlik sammitiga tayyorgarlik ko‘rayapmiz”, - dedi Ukraina prezidenti.

    'Ukrainaning Kurskka hujumida qancha aholi halok bo‘lgani ochiqlandi'ning rasmi

    Dunyo23.09.2024 18:34

    Ukrainaning Kurskka hujumida qancha aholi halok bo‘lgani ochiqlandi

    Hujum chog‘ida 56 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgani ma’lum qilindi.