O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan Prezident Matbuot xizmati bosh konsultanti lavozimida ishlab kelgan Yunusov Bahodir Maxsutovich Prezident Matbuot xizmati shu’ba mudiri etib tayinlandi.
Shuningdek, farmoyish bilan Buyuk Britaniyadagi Xalt xalqaro biznes maktabi va Birmingem universitetini tamomlagan Gaynulina Kamila Timurovna Prezident Matbuot xizmati yetakchi inspektori lavozimiga tayinlandi.
Mazkur tayinlovlar haqidagi xabar Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning telegram kanalida ma’lum qilindi.