AsosiySiyosat

Mirziyoyev Putin bilan Yaqin Sharq, Janubiy Osiyo va Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi.

Oʻzbekiston va Rossiya etakchilari ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalari haqida gaplashdi.

'Mirziyoyev Putin bilan Yaqin Sharq, Janubiy Osiyo va Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi.'ning rasmi

Bugun, 24 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston – Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Savo-iqtisodiy hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, tovar ayirboshlami hajmi 10 foizga o‘sib, 13 milliard dollarga yetdi, joriy yil boshidan esa yana 32 foizga ko‘paydi.

Sanoat, energetika, transport va iqtisodiyotning boshqa ustuvor tarmoqlarida yirik kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish davom etmoqda.

O‘zbekistonda birinchi atom elekt stantsiyasini qurish loyihasini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning samarali faoliyatiga yuqsoq baho berildi.

Tomonlar kooperatsiyaning yangi shakl va loyihalarini ilgari surish uchun samarali maydonga aylangan “INNOPROM Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasining navbatdagisini joriy yil aprel oyida Toshkent shahrida o‘tkazishga faol tayyorgarlik ko‘rayotgani ta’kidlandi.

Xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar, shu jumladan, Yaqin Sharq, Janubiy Osiyo va Ukrainadagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

Suhbat yakunida bo‘lajak tadbirlar rejasi ham muhokama qilindi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar'ning rasmi

    Siyosat 20.03.2026 13:55

    O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar

    Oʻzbekiston va Pokiston yetakchilari Ramazon hayiti va Navroʻz munosabati bilan bir-birini tabriklab, hamkorlik va mintaqaviy vaziyatni muhokama qildi.

    'Mirziyoyev va Aliyev telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

    Siyosat 19.03.2026 08:32

    Mirziyoyev va Aliyev telefon orqali muloqot qildi

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 mart kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali suhbatlashdi.

    'Prezident Islom sivilizatsiyasi markazini ochdi va iftorlikda ishtirok etdi'ning rasmi

    Siyosat 17.03.2026 18:07

    Prezident Islom sivilizatsiyasi markazini ochdi va iftorlikda ishtirok etdi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining rasmiy ochilishi hamda iftorlik marosimida ishtirok etdi. Tadbirda mahalliy va xalqaro jamoatchilik vakillari qatnashdi.

    'Prezident hokimlarni “nomiga” sayyor qabul qilganini tanqid qildi'ning rasmi

    Siyosat 13.03.2026 09:17

    Prezident hokimlarni “nomiga” sayyor qabul qilganini tanqid qildi

    O‘zbekiston bo‘yicha har o‘n ming kishiga o‘rtacha 319 ta ariza to‘g‘ri kelayotgan bo‘lsa-da, ba’zi hududlarda bu ko‘rsatkich ikki barobar yuqori.