AsosiySiyosat

Yangi Toshkentda musiqali favvora majmuasi quriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent shahrida barpo etiladigan musiqali favvora majmuasi loyihasi bilan tanishdi.

'Yangi Toshkentda musiqali favvora majmuasi quriladi'ning rasmi

Ma'lum qilinishicha, majmua qarib 8 gektar maydonda quriladi. Unda 6,3 gektarli suv havzasi va 1,5 gektar maydonda suv, musiqа va yorug‘lik uyg‘unligidagi shoularni namoyish etish imkoniyati yaratiladi.

Loyihaga ko‘ra, suvni 232 metr balandlikkacha ota oladigan favvora, 100 metrli suzuvchi platforma hamda 360 darajali suv ekrani barpo etiladi. Shuningdek, lazer nurlari va turli vizual effektlardan foydalanish rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, ushbu majmua Yangi Toshkentning diqqatga sazovor joylaridan biriga aylanib, madaniy tadbirlar va bayramlar uchun zamonaviy maskan bo‘lib xizmat qiladi.

    Boshqa yangiliklar